Jahon | 15:30 / 13.11.2017
8963
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda samolyot bortida yo‘lovchilardan biri vafot etdi

Foto: © RIA Novosti

13 noyabr kuni Qozog‘istonning «Eyr Astana» kompaniyasiga tegishli reys yo‘lovchilaridan biri parvoz vaqtida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti aviakompaniyadagi manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Aviatashuvchining ma'lumotiga ko‘ra, Chimkentdan Ostonaga uchgan samolyot yo‘lovchilardan biri o‘zini noxush his qila boshlaganidan keyin ortga qaytgan.

«Aviakompaniya xodimlari belgilangan tartibda harakat qilishgan, bortdagi yo‘lovchilardan birining yuragi xuruj qilgandi. Yerda shifokorlar uning o‘limini qayd etishdi», — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq 30 oktabr kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Moskva-Toshkent reysi ham yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qila boshlagach, Urganch shahriga majburan qo‘ndirilgandi. Keyinroq yo‘lovchilardan biri bortda vafot etgani ma'lum bo‘ldi.

Ammo ushbu hodisa yuzasidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» hech qanday ma'lumot bermadi.

Mavzuga oid