Avstraliyaning BMTdagi xodimi Nyu-Yorkda halok bo‘ldi
Avstraliyalik diplomat Nyu-Yorkdagi turar joy binosining 7-qavatidan yiqilib vafot etdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Voqea 15 noyabrda yuz bergan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, bu baxtsiz hodisa bo‘lgan.
Avstraliyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasida ishlagan 30 yoshli Julian Simpson binodan mahalliy vaqt bilan soat 02:00da tushib ketgan. Bu vaqtda uning xonadonida kechki bazm o‘tayotgan bo‘lgan.
“U turli o‘yinlarni yoqtiradigan odam sifatida ta'riflandi. U balkon chetidagi to‘siq ustida o‘tirganda, muvozanatini yo‘qotib pastga qulagan”, deb aytdi politsiya vakili Martin Braun.
AQShning bir qator OAVlari ma'lum qilishicha, go‘yoki Simpson suhbatdoshiga qanchalik ishonishini ko‘rsatmoqchi bo‘lib va suhbatdoshi uni ushlab qolishiga ishonib, o‘zini biroz orqaga tashlagan va muvozanatini yo‘qotib pastga qulagan. Suhbatdoshi uni ushlab qolishga ulgurmagan.
Diplomat mahalliy shifoxonaga yetkazilgan va u yerda uning o‘limi qayd qilingan.
Nyu-York politsiyasi marhumnining jasadini toksikologik tekshiruvdan o‘tkazmoqchi.
Seven Network telekanalining ma'lum qilishicha, Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull diplomatning yaqinlariga ta'ziya bildirgan.
Mavzuga oid
20:59 / 13.10.2024
Charlz III Avstraliyaning respublikaga aylanishiga qarshi emasligini bildirdi
18:53 / 11.10.2024
BMT oiladagi zo‘ravonlikni tugatish bo‘yicha O‘zbekiston taklif etgan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi
08:35 / 11.10.2024
BMT Isroilni Livandagi qarorgohiga hujum qilishda aybladi
16:44 / 10.10.2024