Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 57 kishiga O‘zbekiston fuqarosi pasportlari topshirildi
Foto: KUN.UZ
Navoiyda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 57 nafar kishiga fuqarolik pasportlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizning teng huquqli fuqarosi maqomiga ega bo‘lganlarning 22 nafari viloyat markazida va 5 nafari Zarafshon shaharida, 13 nafari Uchquduq, 10 nafari Karmana, 2 nafardan Tomdi va Xatirchi hamda 1 nafardan Nurota va Qiziltepa tumanida istiqomat qiladi.
Tadbirda viloyat hokimi Q.Tursunov fuqarolikka ega bo‘lgan shahslarga yangi pasportlarni shaxsan topshirar ekan, ularning har birini samimiy tabrikladi hamda yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda yanada shijoat va hamjihatlik bilan xizmat qilishga chorladi.

Navoiy viloyatida davlatimiz rahbarining farmoniga ko‘ra joriy yil boshidan buyon 128 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.
Ozod MUSTAFOYeV.
Mavzuga oid
14:26 / 18.03.2026
Xitoyning cho‘llanishni to‘xtatgan modeli Navoiyda sinab ko‘riladi
08:25 / 18.03.2026
Farg‘ona va Navoiyda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari musodara qilindi
17:56 / 10.03.2026
Navoiyda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
10:34 / 04.03.2026