Jahon | 07:30 / 22.11.2017
13144
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada taniqli mediamagnatni o‘z tansoqchisi otib qo‘ydi

© AP Photo / Gustavo Aguado

Meksika va Lotin Amerikasining eng yirik televizon tarmoqlaridan biri Televisa tarkibiga kiruvchi Izzi Telecom telekommunikatsiya kompaniyasi rahbari Adolfo Lagos Espinosa o‘g‘rilarga qarshilik ko‘rsatish vaqtida o‘z tansoqchisi tomondan otib qo‘yildi. Bu haqda Mexiko shtati prokurori Alexandro Gomes ma'lum qildi.

Avvalroq Lagos Teotiuakana ehromlari yaqinidagi trassada velosipedda sayr qilayotganda o‘qotar quroldan jarohat olgani ma'lum qilingan. O‘g‘rilar uning va do‘stining velosipedlarini tortib olishmoqchi bo‘lgan. 

Prokurorning aytishicha, telemagnat o‘g‘rilar qo‘lidan emas, o‘z tansoqchisi qo‘lidan halok bo‘lgan. “Lagos otishma liniyasiga tushib qolgan”, deb aytgan Gomos Formula radiosi efirida. Tansoqchi o‘g‘rilarga qarshilik qo‘rsatib, ularga o‘q uzgan, biroq o‘qlardan biri telemagnatga tekkan. 

Ta'kidlanishicha, bosqinchilardan biri yaralangan. Hukumat qolgan jinoyatchilarni qidirmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid