Jahon | 21:11 / 26.11.2017
13420
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an xorijda hisob raqami aniqlansa, iste'foga ketishga va'da berdi

Foto: kremlin.ru

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi chiqishi vaqtida agar uning mablag‘lari xorijdagi hisob raqamlarda ekanligini Turkiyaning asosiy muxolif partiyasi – Xalq-respublikasi partiyasi (XRP) isbotlay olsa, iste'foga ketishga tayyorligini aytdi. 

“Agar siz mening pullarim xorijdagi biror-bir bankka qo‘yilganini tasdiqlay olsangiz, men prezident lavozimidan iste'foga chiqaman”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

21 noyabrda XRP rahbari Kamol Qilichdoro‘g‘lu parlamentdagi chiqishi vaqtida Erdo‘g‘anning qarindoshlari va yaqin safdoshlari ofshorlardagi kompaniyaga millionlab dollarlar kiritishganini aytgan. Qilichdoro‘g‘lu ta'kidlagandek, bu kompaniyaning dastlabki kapitali 1 funt sterling bo‘lgan, so‘ngra unga millionlab dollar sarmoya qilingan. Muxolifatchi, shuningdek, Turkiyadagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi deputatlari Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim o‘g‘illarining ofshor kompaniyalarga aloqadorliklari bo‘yicha ishning taftish qilinishini to‘sishganini tanqid qilgan. U bu hoat bo‘yicha tushuntirishlar kutib qolishini aytgan.     

Keyinroq Erdo‘g‘an Qilichdoro‘g‘ludan 1,5 mln turk lirasi (380 ming dollar) miqdorida tovon puli undirilishini so‘rab sudga da'vo arizasi topshirgan. Prezident advokatlari Qilichdoro‘g‘lu Erdo‘g‘anga ziyon yetkazgani va tovon puli to‘lashi kerakligini ta'kidlashgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid