Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda hukumatdan norozilarning namoyishlari kuchayib bormoqda
Foto: CNN
Pokiston Islom respublikasida hukumat iste'fosini talab qiluvchilarning ommaviy namoyishlari kuchayib bormoqda. Shu kunlarda xavfsizlik kuchlari Islomoboddagi palatkali lagerni tarqatib yuborishga urinib ko‘rdi. Bu radikallarning huquq-tartibot idoralari vakillari bilan to‘qnashuviga olib keldi. 6 kishi halok bo‘ldi, 250 dan ortiq jarohatlandi.
Politsiyaning keskin hatti-harakatlariga javoban mamlakat bo‘ylab norozilik kayfiyati kuchaydi. Siyosatchilar armiyaning aralashuviga chaqirayotgan bo‘lsa ham, ular shoshilayotgani yo‘q. 25 noyabrdan e'tiboran mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar va xususiy yangiliklar telekanallari faoliyat yuritmayapti.
Politsiyachilar Islomobodni Ravalpindi bilan bog‘laydigan avtomagistraldagi chorrahani namoyishchilardan tozalashga urinishlari qonli to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Namoyish tashkilotchisi halok bo‘lganlar soni 17 kishini tashkil etayotganini ta'kidlamoqda.
Namoyishlarni tarqatishga urinishlar ularning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Islomobod, Panjob viloyati shaharlari, xususan Lahor va 18 mln aholi istiqomat qiluvchi Karachi shahridagi namoyishchilar mashina shinalari, avtomobillar va mototsikllarni yoqib yubormoqda.
Mamlakat parlamentidagi ikkinchi yirik muxolifat partiyasi «Tahriki-Insof» tartibni tiklay olmagani uchun ichkiishlar vazirining iste'fosini talab qildi.
Vazirlik, o‘z navbatida, tartibni tiklash uchun qurolli kuchlardan foydalanishga ruxsat beruvchi buyruqni imzoladi.
Namoyishlar ichki siyosiy inqiroz tufayli kelib chiqmoqda. 2017 yil iyulida Pokiston Oliy sudi bosh vazir Navaz Sharifni iste'foga chiqargan edi. U korrupsiyada ayblanmoqda. Navbatdagi saylovlar 2018 yili bo‘lib o‘tadi.
Pokiston adliya vaziri Zohid Hamid mamlakat parlament qonunchiligiga o‘zgartirish taklifini bildirganidan so‘ng boshlangan namoyishlar ta'sirida o‘z lavozimidan iste'fo berdi. Namoyishchilar parlament qasamyodi matniga kiritilishi taklif etilgan o‘zgartirishlarni dinsizlik deb baholashdi. Zohid Hamid o‘z arizasini bosh vazir Shahid Hoqon Abbosiyga topshirgan, deb xabar qilmoqda Pokiston davlat televideniyesi.
Mavzuga oid
00:25
Erondagi norozilik namoyishlar vaqtida 30 ming kishi halok bo‘lgan – OAV
14:42 / 23.01.2026
Pokistonda qolgan afg‘onlar kompensatsiyadan ko‘ra ko‘chishni afzal ko‘ryapti
14:34 / 20.01.2026
Karachi porti orqali O‘zbekiston mahsulotlari tranziti oshiriladi
15:17 / 19.01.2026