Smartfonlardan bog‘liqlik o‘smirlar miyasining kimyoviy tarkibini o‘zgartirishi aniqlandi
Shimoliy Amerika radiologik jamiyati mutaxassislari internet va smartfondan bog‘liqlik o‘smirlar miyasi kimyoviy tarkibini o‘zgartirishini hamda depressiya va yuqori xavotirlikni chaqirishi mumkinligini aniqlashdi.
Pew Research markazining yaqinda o‘tkazgan tadqiqoti ma'lumotlariga ko‘ra, 46 foiz amerikaliklar smartfonlarsiz yashay olmasliklarini tan olganlar. Bunday tasdiq biroz mubolag‘aga o‘xshaydi, biroq yangi ma'lumot olish, muloqot va ko‘ngil yozishda borgan sari ko‘proq odam o‘z mobil telefonlari va boshqa elektronikaga bog‘liq bo‘lmoqdalar. Eng katta xavotirni juda ko‘p vaqtini ekranlardan boshini ko‘tarmagancha o‘tkazadigan yoshlar uyg‘otadi.
O‘smirlar miyasi mobil texnologiyalarga mukkasidan ketish ta'sirida o‘zgarishlarga uchrashini aniqlash maqsadida professor Xyon Suk Seo va uning hamkasblari “internet yoki smartfondan bog‘liqlik” tashxisi qo‘yilgan 19 nafar o‘smir va qizlarda magnit-rezonans spektroskopiya o‘tkazishgan. Yana 19 o‘smir nazorat guruhi sifatida xizmat qilgan.
Olimlar miya signallarini bostiruvchi yoki sekinlashtiruvchi (shuningdek, ko‘rish va harakat funksiyalariga ta'sir ko‘rsatuvchi) neyromediator – gamma-aminomoy kislota (GABA) va neyronlarni ko‘proq elektr g‘alayonlangan holatga keltiruvchi neyromediator – glutamat-glyutamin (Glx) darajasini o‘lchashdi.
Natijalar sog‘lom o‘smirlarga qaraganda internet va smartfonga bog‘lanib qolgan o‘smirlarda miyaning old qobig‘ida GABA’ning Glx’ga nisbati yuqoriroq bo‘lganini ko‘rsatdi. Bunday ko‘rsatkichlar depressiya va xavotirlanishdan aziyat chekuvchi shaxslarda paydo bo‘ladi.
Bunda yaxshi yangilik shundaki, kognitiv terapiyadan keyin GABA’ning Glx’ga nisbati me'yorga kelishi mumkin.
Gadjyetlarga bog‘liqlik nafaqat yoshlarning, balki kattalarning ham muammosidir. 11 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan britaniyalik bolalar va yoshlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i ota-onalari ularga smartfonlariga ketkazadigan vaqtdan ko‘proq vaqt ajratishlarini istashlarini aytganlar. Bunda ota-onalarning o‘zlari ularning gadjyetlarga katta e'tibor qaratishlari farzandlariga qandaydir ta'sir ko‘rsatishini sezmaydilar.
Mavzuga oid
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
15:42 / 25.10.2024
Olimlar miyaning 3D-atlasini yaratdi – u nima uchun kerak?
23:10 / 19.10.2024
Inson miyasi har xil turdagi qo‘rquvga qanday javob berishi o‘rganildi
18:10 / 15.10.2024