Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Damas”da uxlab yotgan fuqaroning pulini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi
Bekobod tuman IIBga Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan R.G. ariza bilan murojaat qilib, joriy yilning 24 noyabr kuni soat 03.00 larda noma'lum shaxs, hech kim yo‘qligidan foydalanib, avtoulovni oldi o‘rindig‘i eshigi ochiq holda qolganidan foydalanib, Bekobod tumani Dehqonobod fermerlar uyushmasi hududida yo‘l chetida turgan “Damas” rusumli avtoulovida uxlab yotgan vaqtida besh yuz ming so‘m pullarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Bekobod tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan F.X. va I.G.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlandilar. Ushbu holat yuzasidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ashyoviy dalil sifatida besh yuz ming so‘m pullari olindi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
16:19 / 19.11.2025
Toshkentda «Damas» ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi
13:58 / 18.11.2025
Haydovchilarni “doiradan tashqariga” chiqarmoqchi bo‘lgan “Damas” jarima maydonchasiga olib kelindi
11:22 / 27.08.2025
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
20:44 / 11.08.2025