Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning Toşkent viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda jamoatçilik guruhlari tomonidan 2025 yilning iyun oyida Quyi Çirçiq va Çinoz tumanlari IIB vaqtinça saqlaş hibsxonalariga monitoring taşriflari ötkazilib, aniqlangan kamçiliklar yuzasida Içki işlar vazirligiga ombudsman taqdimnomasi kiritilgan.
Ombudsmanga ma’lum qilinişiça, monitoringda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida tegişli çora-tadbirlar belgilanib, Quyi Çirçiq tumani IIB vaqtinça saqlaş hibsxonasiga ventilyatsiya tizimi va radioeşittiriş qurilmasi örnatildi. Kameralar kerakli anjomlar bilan jihozlandi. Sayr qiliş hovlisi va sanitariya tarmoqlari (hojatxona, yuviniş joyi)da ta’mirlaş işlari olib borilib, gigiyena talablariga muvofiqlaştirildi.
Şu bilan birga, şaxslarni saqlaşning sanitariya-gigiyena qoidalari talablariga zid bölgan Çinoz, Qibray va Yuqori Çirçiq tumanlaridagi vaqtinça saqlaş hibsxonalari faoliyati içki işlar vazirining 2025 yil 21 iyuldagi tegişli buyruği bilan tugatildi.

















