Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shaxtyor» murabbiyi va'dasida turdi. U Zorro kiyimida paydo bo‘ldi
Ukrainaning “Shaxtyor” klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvdan keyin matbuot anjumaniga Zorro kiyimida keldi. Bu haqda Donetsk klubining tvitterdagi akkauntida ma'lum qilindi.

Fonseka ingliz klubi bilan uchrashuvdan oldin agar “Shaxtyor” pley-off bosqichiga chiqa olsa, Zorro kiyimini kiyishga va'da bergandi.
“Shaxtyor” “ManSiti”ni 2:1 hisobida yutib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Zorro o‘ylab topilgan badiiy qahramon bo‘lib, nochor odamlarga yordam beradi. Ilk bor yozuvchi Jonston Makkallining sarguzasht hikoyalarida paydo bo‘lgan. Bu qahramon haqida bir nechta badiiy filmlar suratga olingan.
Mavzuga oid
20:50 / 29.11.2025
Hamma narsaga ijobiy baho berishni ukrainaliklardan o‘rgandim - Arda Turon
20:16 / 22.10.2023
«Ordabasi» o‘z tarixida ilk bor Qozog‘iston chempioni bo‘ldi
19:47 / 15.01.2023
«Chelsi» 100 million yevroga ukrainalik hujumchi sotib oldi
19:06 / 17.02.2021