O‘zbekiston | 23:10 / 15.12.2017
16031
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda «Armiya va yoshlar» festivali bo‘lib o‘tdi

Foto: KUN.UZ

Samarqandda «Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir» shiori ostida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi bilan hamkorlikda «Harbiy vatanparvarlik oyligi» boshlandi. Bu haqda KUN.UZ’ga O‘zYoI viloyat kengashi matbuot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi 16-harbiy shaharcha hududida 3000 nafar yoshlar ishtirokida zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslahalar namoyishi, xarbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlarining konsert dasturlarini o‘z ichiga olgan «Armiya va yoshlar» festivali bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik A.Saidov, Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Samarqand viloyat kengashi raisi, zaxiradagi polkovnik I.Ro‘ziyev va bir qator hamkor tashkilotlar ishtirok etishdi.

— Tadbirda ishtirok etganimizdan juda ham xursandmiz, biz shu vaqtgacha harbiy texnika qurollarini faqatgina televizorda yoki hujjatli kinolarda ko‘rar edik, bugun esa biz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib armiyamiz naqadar qudratli ekanligidan, zamonaviy texnika va qurol-aslahalar bilan yurtimiz sarhadlarini akalarimiz munosib himoya qilishini yana bir marotaba his qildik, — deydi tadbir ishtirokchisi Jasur Karimov.

Eslatib o‘tamiz, ushbu oylik joriy yilning 15 dekabrdan kelgusi yilning 15 yanvariga qadar bo‘lib o‘tadi. Oylik doirasida bir qator turkum loyihalar, ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid