Samarqandda şifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix va samorez olib taşladi. Bu haqda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 29 yoşli A.Ye. şifoxonaga qornida kuçli oğriq bilan keltirilgan. Şoşilinç qabul bölimida ötkazilgan diagnostika va laboratoriya tahlillariga köra bemorning me’da içak tizimida katta miqdorda yot jismlar, mix va samorez borligi aniqlangan.
Bemorga şoşilinç ravişda laparatomiya, gastrostamiya usulida jarrohlik amaliyoti ötkazilib, qorin böşliğidan 200 gramm atrofida mix va samorez olib taşlangan. Jarrohlik amaliyoti bir soat davom etgan.
Ma’lumotlarga köra, erkak temir jismlarni qattiq stressga tuşib, öz xatti-harakatlarini nazorat qila olmagan holda yutib yuborgan.
Hozirgi vaqtda bemorning ahvoli qoniqarli ekani, u erkin harakatlanayotgani bildirilgan.












