«Abu Saxiy» bozorida o‘zgarishlar boshlandi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Abu Saxiy» MChJ savdo markazida tashkiliy o‘zgarishlar yuz berishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ga ishonchli manba xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, «bozor ma'muriyatida bir muncha o‘zgarishlardan so‘ng (rahbariyat almashinuviga ishora qilmoqda - tahr.) uning nomi ham yangilanishi kutilmoqda». Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan mutasaddi vakilning aytishicha, «jamiyatning yangi nomdagi hujjatlari tegishli idoralardan ro‘yxatdan o‘tishi bilan ommaga e'lon qilinadi».
Ammo, «Abu Saxiy» MChJ rahbariyati ushbu xabarga aniq munosabat bildirishdan bosh tortib, «o‘zgarish kutilmayotganini» ta'kidladi. Shuningdek, «Toshbozorsavdo» uyushmasi vakili ham o‘zgarishlarga aniq izoh bermadi.
«Abu Saxiy» uyushma a'zoligiga kirmaydi, bundan tashqari u xususiy mulk hisoblanadi», deydi mutasaddi xodim.
Ayni paytda, «Abu Saxiy» nomi savdo binosi hamda asosiy darvoza ustunidan olib tashlangan bo‘lib, uning o‘rniga «Toshkent Savdo Markazi» yozuvi o‘rnatilgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa savdo markazi «Buyuk Ipak yo‘li» yoki «Toshkent Ipak yo‘li» nomiga o‘zgarishi haqida yozmoqda.
Ilk marta ushbu bozor bilan bog‘liq xabarlar 2016 yilning sentabr oyida tarqalgandi. O‘shanda «daromadlarni soliqdan yashirish» alomatlarini aniqlash maqsadida bozor faoliyati tekshirilgani aytilgandi. 2017 yil fevral oyida esa bir guruh tadbirkorlar bozor qoshida faoliyat olib boradigan terminal o‘z ishini to‘xtatib qo‘ygani haqida xabarlarni tarqatgan.
Mavzuga oid
14:24 / 10.04.2022
Toshkentda 3 ming o‘rinli «Abu Saxiy» masjidi ochildi (fotogalereya)
11:18 / 11.05.2021
«Abu Saxiy»da o‘z akasini pichoqlab qo‘ygan fuqaro 5 yilga qamaldi
11:54 / 22.01.2021
«Abu Saxiy»dagi omborxonadan 71 mln so‘mlik shimlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
09:46 / 13.01.2021