Joriy yil 8 aprel kuni, Juma namozi vaqtida bölib ötgan «Abu Saxiy» masjidining rasmiy oçiliş marosimida Özbekiston musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon Işmatbekov va boşqa rasmiylar qatnaşdi.

Foto: Özbekiston musulmonlari idorasi

Toşkent şahar boş imom-xatibi örinbosari Abduqahhor Yunusov öz vazifasidan ajralmagan holda «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi.

Abduqahhor domla Yunusov, «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi

Masjid içi juda keng bölib, ikki qavat va yer ostki qismdan (podval) iborat.

35 metrli yirik gumbazni 8 ta ustunlar uşlab turadi. Masjid rasmiylarining aytişiça, 8 ta ustunlar jannatning 8 darvozasi ramzi sifatida qurilgan.

Masjid va gumbazning markazida 8,5 metr uzunlik va 8,5 metr kenglikdagi, oğirligi 5 tonna bölgan haşamatli qandil ilingan.

Masjidni taşqi tarafdan 2 ta 63 metrli minoralar bezab turibdi. «Minoralar uzunligi Payğambarimiz alayhissalomning yoşlariga moslab 63 metrdan qilingan. Bu yerda har bir detalga ma’no berişga harakat qilganmiz», - deydi mas’ullar.