Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla’ning ilk limuzini auksiondan sotilmoqda
Kaliforniyaning oddiy mashinalarni limuzinlarga aylantirish bilan shug‘ullanuvchi Big Limos kompaniyasi dunyodagi birinchi Tesla Model S uzaytirilgan elektrokarini eBay onlayn-auksioniga qo‘ydi. Ayni damda lot narxi 80 400 dollarni tashkil etmoqda.
Lotga berilgan izohda aytilishicha, avtomobil 2015 yilgi Model S S85 bazasida tayyorlangan. Bu liftbekning orqa uzatmali versiyasi bo‘lib, quvvati 382 ot kuchiga ega elektrmotor va hajmi 85 kilovatt-soatni tashkil etuvchi batareyalar bloki bilan jihozlanadi.
Limuzinni yig‘ish ishlari 90 foizga yakunlangan, uning bosib o‘tgan masofasi 241 kilometrga teng – avtomobil soz holatda, biroq, aftidan, kuzov panellari va salonni qayta ishlash talab etiladi. Joriy yilning aprel oyida Big Limos qayta ishlashga 200 000 dollar ketishini ma'lum qildi, o‘shanda mashina ustidagi ish hali boshlanmagandi.
Mavzuga oid
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
07:48 / 24.05.2026