Favqulodda vaziyatlar vaziri Moskva shahriga tashrif buyurdi
2017 yilning 22 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Rustam Jo‘rayev Moskva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida Rustam Jo‘rayev Rossiya Federatsiyasi FVV Milliy Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Rossiyalik hamkasblar O‘zbekiston FVV delegatsiyasi a'zolari bilan favqulodda holatlarga tezkor munosabat bildirish borasidagi tajribasini amaliy tarzda namoyish qildi. Ayniqsa, kosmik kuzatuv paneli orqali tabiiy ofatlarga tayyor turish ko‘nikmasi delegatsiya a'zolarida katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, kelgusida doimiy axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Milliy boshqaruv markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazlari o‘rtasida videokonferensiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.
Mavzuga oid
20:33
O‘zbekiston FVV kunlar sovishi tufayli ogohlantirish bilan chiqdi
10:55 / 22.09.2024
Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan to‘rt kishi qutqarildi
17:03 / 11.09.2024
Boysundagi kondan chiqayotgan gaz yaqin kunlarda jilovlanadi - FVV
13:40 / 06.09.2024