Nodirbek Abdusattorov nufuzli mukofot bilan taqdirlandi
21-23 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida Osiyo Shaxmat Federatsiyasi tomonidan Osiyo sammiti tashkil etildi.
Mazkur Osiyo sammitida Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi rasmiy vakillari, Osiyo Shaxmat Federatsiyasi rahbariyati, Osiyo va Okeaniya Shaxmat Federatsiyasi prezidentlari, delegatlari va vakillari ishtirok etdilar.
Sammit yakunida 2016 yil yakunlari yuzasidan an'anaviy «4th Annual Asian Chess Excellence Awards» mukofotining sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Osiyo Shaxmat Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasiga “2016 yilda Osiyoning eng yaxshi yoshlar jamoasi” mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi vakili-O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Husan Xudayqulovich Turdialiyevga topshirildi.
Shuningdek, dunyoning eng yosh grossmeysteri, Jahon shaxmat tarixida ikkinchi eng yosh grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Osiyo Shaxmat Federatsiyasi tomonidan “2016 yilning eng yaxshi o‘smir shaxmatchisi” mukofoti bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
20:43 / 22.09.2024
Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi bronza medallarni qo‘lga kiritdi
09:30 / 12.05.2024
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni yana mag‘lub etdi
07:22 / 04.05.2024
Saida Mirziyoyeva Nodirbek Abdusattorovni TePe Sigeman turniridagi g‘alabasi bilan tabrikladi
21:53 / 03.05.2024