Jahon | 10:00 / 27.12.2017
11468
1 daqiqa o‘qiladi

Jeenbekov: «Markaziy Osiyoda IShID mafkurasining ta'siri kuchaymoqda» 

Foto: RIA "Novosti"

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning ma'lum qilishicha, mintaqada IShID mafkurasining tarqalishi kuchaymoqda hamda Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini yollash bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.

"Markaziy Osiyoda IShID va shunga o‘xshash radikal guruhlar mafkurasining tarqalishi kuchaymoqda, faol targ‘ibot va bizning davlatlar fuqarolarini yollash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. O‘ylashimcha, MDH va KXShT mamlakatlarining faol o‘zaro harakatisiz chegara xavfsizligi sohasida kollektiv xavfsizlikni, davlat chegaralarining ishonchli qo‘riqlanishini to‘la ta'minlay olish hamda zamonaviy chaqiriqlar va tahdidlarning katta qismiga qarshi kurashish imkonsiz", - deya aytib o‘tdi Jeenbekov MDH davlatlari yetakchilarining norasmiy uchrashuvi davomida.

Mavzuga oid