Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram tugadimi?
KUN.UZ tahririyatiga kelgan murojaatlar asosida turli maqolalar tayyorlab, sayt orqali berib borilmoqda. Murojaatlar ko‘pligi bois, ular, asosan, mavzuga qarab, jamlab chiqariladi. Ammo shunday maktublar bor-ki, hajmi kichik bo‘lsa-da, zamirida olam-olam dard yotadi. Ana shunday maktublardan biri e'tiborimizni tortdi. Jumladan, unda shunday deyiladi:
“Assalomu alaykum KUN.UZ’ning hurmatli xodimlari va ushbu saytni doimiy kuzatib boruvchi o‘quvchilari. Bu mening ikkinchi maktubim. Bilasizmi, KUN.UZ saytining 20 dekabrdan vodiyda elektr energiyasi yaxshilanarkan, degan mazmundagi maqolasi chiqqanidan so‘ng, men va qishloqdoshlarim 20 dekabrni "qorbobo"ni kutgan yosh boladek kutdik. Afsuski, natija chiqmadi.
Lekin 22-sanadan boshlab mutlaqo o‘zgardi, chiroq o‘chmadi. Odamlarning ko‘zida quvonch, barcha xursand... Keksalarimiz tinimsiz duoda. Oradan 5 kun o‘tib esa... Eski hammom, eski tos. Bayram tugadimi yoki bu shunchaki ko‘zbo‘yamachilikmidi?.. Nahotki biz qishloqdagilar yorug‘da o‘tirishga loyiq emasmiz? Axir bizning ham pasportimizga O‘zbekiston fuqarosi deb yozilgan-ku... Elektr energiyasini berishayotgan bo‘lsa, tuman mutasaddilarining cho‘ntagidan ketmayotgandir. Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, “Poshshopirim” MFY. Ismim sir bo‘lib qolishini istardim”.
Bunga nima deb izoh berishga hayronsiz. Xalq unday deydi, korxona bunday deydi... Kimga ishonish kerak? Xalq va mutasaddilar o‘rtasida qachon shaffof ko‘prik o‘rnatiladi? Odamlarni xabardor etish, bor gapdan voqif etish shunchalik qiyin narsami? Xalq kutayapti, xalq endi ishonishni boshlayapti. Bu ishonchni oqlash, bu murojaatlarga munosib javob qaytarish vaqti bo‘lmadimi?
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026