Jahon | 10:43 / 29.12.2017
17918
2 daqiqa o‘qiladi

Homilador ayolning oziq-ovqat do‘konida ko‘zi yoridi 

AQShning Kaliforniya shtatida istiqomat qiluvchi homilador ayol oziq-ovqat do‘konida ko‘zi yoridi. Bu haqda savdo nuqtasining egasi "Feysbuk"dagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan.

Market egasi Issamar Sepulvedaning yozishicha, yosh qizni tug‘dirishda o‘zi, hayratdan yoqa ushlagan oshpaz va qassob ishtirok etdi. Ularning bari ro‘y berayotgan hodisani mo‘'jiza sifatida baholashgan.

- Bizning kassir 911 ga qo‘ng‘iroq qildi, qassob bolani ushlab turdi, oshpaz qaychini qidirdi, men esa kindigini kesdim, - deya aniqlik kiritgan Sepulveda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oziq-ovqat do‘koni xodimlari chaqaloqning terisi binafsha rangda ekanini ko‘rib, juda qattiq hayajonlanishgan. Qutqaruv xizmatidan esa bola qattiq muzlab qolgani uchun terisi shunday rangda ekanini tushuntirib, uni darhol issiq joyga olib o‘tish kerakligini uqtirishgan. Shunda do‘kon egasi issiq adyol olib keldi va unga chaqaloqni o‘rab qo‘ydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid