Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda taniqli fizik olim daydilar uchun markazda yashamoqda
Qozog‘istonning Olmaota shahrida uyi yo‘q, daydi shaxslarga mo‘ljallangan markazda taniqli fizik olim, ko‘plab ilmiy ishlar muallifi, 72 yoshli Safarboy Arinov ham yashayapti, deb xabar bermoqda Almaty.tv telekanali.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, markazga tasodifan kelib qolgan hamda qolgan umrini kitob yozishga bag‘ishlashga qaror qilgan.
«Yo‘q, bu shunchaki tasodif. Men bunday muassasa borligini bilmasdim ham. Biroq menga maslahat berganlarida, u yerda yaxshi ekani, taomlari mazali, tozaligini aytishdi. Qishda odamga boshpana kerak, men uchun hozirgi payt esa – xotirjamlik eng yaxshi narsa», - deya aytib o‘tdi Safarboy Arinov telekanalga.
Avval u o‘g‘li bilan Issiq posyolkasida yashagan. Biroq kelini bilan janjallashib qolib, uydan chiqib ketishga qaror qildi. U Olmaotaga kelganida esa, bezorilar tunab hamda kaltaklab ketishdi. Shifoxonadan chiqqach, u ushbu markazga kelgan. Arinovning to‘rt nafar nabirasi bor hamda ularni ko‘rgani borib turadi.
«Nabiralar – bu umuman boshqa narsa. Albatta, bu boshqa avlod, ular bilan qiziq. Men bolalarni juda yaxshi ko‘raman. Bolalar – bizning aholimizning eng toza qismi, ular hech narsani tama qilishmaydi, ular bilan suhbatlashib, o‘zingni yaxshi his eta boshlaysan», - deydi u.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025