Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident yangilangan Mudofaa doktrinasini imzoladi
Mamlakat harbiy tuzilmasini rivojlantirish vazifalari va yo‘nalishlariga qarab Mudofaa doktrinasining ayrim qoidalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlik kiritilishi va to‘ldirilishi mumkin.
2017-2021 yillar uchun belgilangan Harakatlar strategiyasi dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Mudofaa doktrinasi ochiq xususiyatga ega bo‘lib, shunga o‘xshash kontseptual hujjatlar qabul qilish borasidagi chet el tajribasiga mos keladi. Hujjat O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqligi, yaqin qo‘shnilar bilan amaliy munosabatlarni rivojlantirish ustunligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining yangilangan mudofaa doktrinasi orqali mamlakat mudofaa siyosatining shaffofligini ta'minlash nazarda tutilgan. Xavfsizlik va mudofaa sohasida boshqa chet davlatlar bilan samarali harbiy-siyosiy munosabatlar va hamkorlik qilish uchun tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi.
Mavzuga oid
15:51 / 13.01.2026
«Zamonaviy urush tabiati tubdan o‘zgardi» – prezident Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024