Pentagon doimiy ravishda kiberhujumlarga uchraydi, biroq kelajakda mahkamaning kompyuter tizimlari «terabayt o‘limga» to‘qnash kelishi mumkin. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi mudofaa axborot tizimlari boshqarmasi rahbari general-leytenant Alan Linn aytib o‘tdi.
«Bizning internetdagi kirish nuqtalarimizga hajmi 600 gigabaytlik hujumlar amalga oshiriladi, shuningdek, noyob, boshqacha hujum usullari kuzatilmoqda, biz ular haqida avval o‘ylamagandik ham», - deya aytib o‘tdi Linn.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mahkama ancha kuchli kiberhujumlardan ham himoyalangan.
«Biroq hozir – biz buni «terabayt o‘lim» deb atamoqdamiz – ayni damda eshik ortida terabayt o‘lim turibdi. Biz bunga tayyormiz, u yaqin ekanini bilamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Linn.
Amaldorning qo‘shimcha qilishicha, bularning bari «vaqt masalasi».