Çexiya Taşqi işlar vazirligi Rossiya harbiy razvedkasiga aloqador hakerlar guruhi tomonidan sodir etilgan takroriy kiberhujumlar yuzasidan Rossiya elçisi Aleksandr Zmeyevskiyni çaqirtirdi. «Men Çexiya institutlari va muhim infratuzilmaga kiberhujumlar tufayli Rossiya elçisiga qönğiroq qilişga qaror qildim», deb yozdi Çexiya departamenti rahbari Yan Lipavskiy 6 may, duşanba kuni ijtimoiy tarmoqda.
Uning sözlariga köra, Praga Rossiya Federatsiyasini «BMT standartlari va öz majburiyatlariga zid bölgan bunday xatti-harakatlardan tiyilişga» çaqirdi.
Şu kunning boşida Germaniya Taşqi işlar vazirligi Rossiyadagi elçisi Aleksander Lambsdorffni kiberhujumlar tufayli çaqirtirib oldi. Qaror, jumladan, Germaniyaning hukmron partiyalaridan biri – Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi, şuningdek, nemis kompaniyalariga nisbatan kiberhujumlar munosabati bilan qabul qilindi. Germaniyaning Moskvadagi diplomatik missiyasi rahbari bir hafta muddatga maslahatlaşuvlar uçun Berlinga çaqirildi, dedi Germaniya taşqi işlar vazirligi vakili. «Federal hukumat bu voqeani juda jiddiy qabul qiladi va buni bizning liberal demokratiyamiz va uning tarkibiy institutlariga hujum deb hisoblaydi», dedi u.
Rossiya kiberhujumlari bilan boğliq yangi mojaro
3 may kuni Çexiya Taşqi işlar vazirligi mamlakatdagi bir qator siyosiy tuzilmalar 2023 yildan buyon rossiyalik hakerlar hujumiga uçragani haqida bayonot berdi. Taşqi işlar vazirligi ta’kidlaganidek, Fancy Bear nomi bilan ham tanilgan APT28 guruhi a’zolari Microsoft Outlook elektron poçta dasturidagi zaiflikdan foydalangan. Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok nemis rasmiylari 2023 yilda poçta serveriga hujumning manbasini aniqlaganini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, buzğunçilik ortida Rossiya harbiy razvedkasi bilan aloqadorligi taxmin qilinayotgan APT28 hakerlik guruhi turibdi.
NATO va Yevropa Ittifoqi Germaniya va Çexiya Respublikasi bilan uşbu mamlakatlarga qaratilgan kiberhujumlar böyiça yangi ma’lumotlar paydo bölişi tufayli birdamlik bildirdi. «Ittifoqçilar Germaniya va Çexiya öz mamlakatlaridagi zararli kiberfaoliyatlar uçun javobgarlikni tahdid taşuvçisi – Rossiya Federatsiyasi homiyligidagi APT28 guruhi, xususan, Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş boşqarmasiga yuklaganini tan oladi. Ittifoqçilar, şuningdek, xuddi şu tahdid taşuvçi boşqa milliy davlat idoralari, muhim infratuzilma operatorlari va butun Ittifoqdagi boşqa taşkilotlarga, jumladan, Litva, Polşa, Slovakiya va Şvetsiyaga hujum qilganini xavotir bilan qayd etadi», — deya ma’lum qildi NATO.













