Fan-texnika | 21:24 / 13.01.2018
18985
6 daqiqa o‘qiladi

CES-2018: eng yaxshi smartfon, televizor, noutbuk, displey va dron

TechRadar tahlilchilari turli toifalardagi eng yaxshi gadjyetlar, eng zamonaviy texnologiyalar va qulay yechimlarni tanlashdi - VR-garnituralar va televizorlardan tortib o‘yinchoq robotga qadar.

The Wall – asosiy shou-stopper

«Devor» - diagonali 146 dyuym bo‘lgan MicroLED bazasidagi dunyodagi birinchi modulli televizor. The Wall eng yaxshi uy kinoteatri sifatida ham mukofotlandi.

HTC Vive Pro – tomoshabinlar mukofoti

Bu VR-garnitura ko‘plab tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb etdi: muhandislar OLED-displeylar kengligini 615 dpi’ga qadar uzaytirishdi va quloqchinlarni qo‘shishdi, bu video hamda tovush yagona ansamblda bo‘lishini ta'minlaydi.

LG’dan aylanuvchi displey

Koreya kompaniyasining bu displeyi diagonali 65 dyuymga ega bo‘lib, kichik taglik ichida tugmani bosish bilan o‘ramga aylanadi.

Huawei Mate 10 Pro – eng yaxshi smartfon

Xitoy kompaniyasining flagmani premerasi aynan CES’da bo‘lib o‘tdi. Mate 10 Pro qator resurslar tomonidan 2017 yilning eng yaxshi yangiligi deb topildi.

Lenovo Miix 630 – eng yaxshi noutbuk

Lenovo’ning 2 ta narsa 1 tada bo‘lgan laptopida Qualcomm protsessori bor. Miix 630 Windows 10’ni ishlatadi, 12,3 dyuymlik ekran qo‘shilganda og‘irligi 1,33 kg.ga teng. Lenovo qurilma 20 soatgacha avtonom ishlashini va'da bergan.

Lenovo Mirage Solo va Mirage Camera

Lenovo'dan VR-garnitura -  Google Daydream qo‘llab-quvvatloviga ega birinchi mustaqil shlem. Mirage Solo’ni ishlatish uchun tashqi markerlar ham, hisoblab quvvatlari ham kerak emas. Mirage Camera yordamida videoni 180 burchakda tasvirga olish mumkin.

MSI GE63 Raider RGB Edition – geymer tanlovi

GameSense texnologiyasi bilan noutbuk o‘yin hodisalariga 24 million rangdagi nurli shou bilan reaksiya bildira oladi.

LG W8 OLED – eng yaxshi televizor

Noyob 4K televizor – endi Google Assistant qo‘llab-quvvatlovi bilan.

Nvidia’dan geymerlar uchun gigant displeylar

Geymerlarga ideal monitor taklif qilishdi: 4K HDR qo‘llab-quvvatlovi va 120 gacha Gts.lik chastotadagi G-Sync texnologiyasi bilan. Diagonal 65 dyuymga teng.

Garmin Forerunner 645 Music – fitnes uchun

Fitnes uchun musiqali aqlli bilaguzuk. Sportning ko‘plab turlarini qo‘llab-quvvatlaydi – yugurish, suzish, velosiped. 7 kungacha bitta zaryadkada ishlashi mumkin.

Root – eng yaxshi o‘yinchoq

Harvard olimlari tomonidan ishlab chiqilgan mitti robot bolalarni algoritmlashtirish va dasturlashtirish bo‘yicha ta'lim beradi. Bularning bari – o‘yin shaklida.

Sony WF-SP700N – eng yaxshi quloqchinlar

Sony quloqchilarida eng so‘nggi yutuqlarning bari mujassam: WF-SP700N kompaktli, simsiz va namdan himoyalangan.

Eng yaxshi innovatsiya – Vivo’dan smartfon ekranida barmoq izlari skaneri

Xitoyliklarning barmoq izlari skaneri ekranning himoya qatlami va matritsa o‘rtasida joylashtirilgan. Sensor qayta bloklash uchun barmoq bilan markazga aniq tekkazish kerak, millimetrlik xatoda ham u ishlamaydi. 

Sony HT-Z9F saundbari

Uy kinoteatri uchun eng yaxshi aksessuar – Sony’dan yangi saundbar. 3.1 sxemasi va simlarning yo‘qligi tufayli Dolby Atmos hamda DTS tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, tovush esa xuddi o‘nta kolonkadan chiqayotgandek.

DJI Osmo 2 – eng yaxshi mobil aksessuar

Barqarorlashtirish tizimiga ega selfi-stikning yangi versiyasi yengilroq va arzonroq bo‘ldi. Bir qo‘l bilan boshqariladi.

Aqlli uy uchun Samsung Family Hub

Butun oila muzlatgich oldida yig‘ilsa – bu yangi texnologiyalar degani. Muzlatgichda Bixby ovozli yordamchisi bor, sensorli ekran yordamida esa barcha maishiy texnikani boshqarish mumkin.

Tello – eng yaxshi dron

Ryze Tech’dan kichik dasturlanuvchi dron atigi 99 dollar turadi.

Sony SRS-XB41 – eng yaxshi olib yuriluvchi kolonka

Ko‘proq bas, ko‘proq drama. Rangli musiqa bilan va suv o‘tkazmaydi.

Sony Aibo – eng yaxshi robot

Ilk Aibo 1998 yilda taqdim etilgan, Sony yigirma yil ichida bu borada ancha katta yutuqlarga erishdi.

Vuzix Blade – eng yaxshi VR-qurilma

Endilikda aqlli ko‘zoynaklarga Amazon’dan Alexa ovozli yordamchisi integratsiya qilingan.

Belkin Boost Up Dual – simsiz zaryadka

Belkin’dan simsiz zaryadka birdaniga ikki devaysni quvvatlantiradi. iPhone yoki Samsung’ni qanday bosimda quvvatlantirishni o‘zi hal qiladi.

Mophie PowerStation AC – eng yaxshi akkumulyator

22 ming amper-soatlik akkumulyator. U USB-C orqali eng yangi gadjyetlarni tez quvvatlantirish uchun 30 vattgacha beradi. 

Mavzuga oid