Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni ayblab chiqdi
Foto: TASS
Xitoy AQSh harbiy-dengiz kuchlarini Amerika raketa eskadrilya mina tashuvchisi XXR hududiy suvlariga ruxsatsiz kirib, mamlakat suverenitetiga tahdid uyg‘otganida aybladi. Bu haqda RIA «Novosti» XXR TIV rasmiy vakili Lu Kanning bayonotiga tayangan holda xabar bermoqda.
«17 yanvar kuni kechqurun Amerika esminetsi Xitoy hukumatining ruxsatisiz XXR suvlariga Xuanyan orolidan 12 dengiz milyasi masofada kirdi. Xitoy harbiy-dengiz kuchlari qonunlarga muvofiq, Amerika kemasiga nisbatan «o‘ziniki-o‘zga» tekshiruvini amalga oshirdi hamda u tegishli suvlardan chiqib ketishi uchun ogohlantirish berdi», - deyiladi bayonotda.
Shuningdek ta'kidlanishicha, AQSh kemasining harakatlari bu tumanda rejali harakatlarni bajarayotgan kemalar va dengizchilarni xatarga qo‘ygan.
«Biz AQShni xatoni darhol tuzatish va bunday provokatsiyalarni to‘xtatishga qat'iy chaqiramiz, bu ikki tomonlama munosabatlarga, shuningdek, mintaqaviy tinchlik hamda barqarorlikka zarar yetkazmasligi darkor», - deya ta'kidlab o‘tishgan XXR TIVdan.
Mavzuga oid
23:27 / 02.03.2026
Trampning urushi: maktabga hujum dunyoni larzaga soldi
23:17 / 02.03.2026
Biz oson g‘alaba qozonamiz – Tramp urush boshlanganidan keyin ilk marta jonli efirda nutq so‘zladi
22:50 / 02.03.2026
“Dubay va Abu-Dabi portlagan raketa hidiga to‘lib ketdi” – qozog‘istonlik jurnalist
15:40 / 02.03.2026