O‘zbekiston | 13:37 / 26.01.2018
49072
3 daqiqa o‘qiladi

27 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 7-12, Ustyurt bo‘ylab kechasi 23-28, kunduzi ba'zi joylarda 12-17 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 2-7, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 15-20, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va  Sirdaryo  viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 darajagacha iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba'zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid