O‘zbekiston | 12:43 / 26.01.2018
33648
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: Yonhap

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inga hamdardlik bildirdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari Milyan shahridagi shifoxonada yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Milyan shahrida joylashgan shifoxonadagi yong‘in natijasida 31 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in shifoxonaning birinchi qavatidagi tez yordam bo‘limida boshlangan. Shuningdek, 40 inson jabrlangani haqida xabarlar tarqalgan. Yong‘in vaqtida shifoxonada taxminan 100 kishi bo‘lgan.

Mavzuga oid