Jahon | 18:40 / 01.02.2018
23272
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston SSSR davridan qolgan harbiy texnikani eksportga sotishni rejalashtirmoqda

Foto: Kazinform

Qozog‘iston SSSR davridan qolgan harbiy texnikani modernizatsiya qilish va eksportga sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa va aerofazoviy sanoat vaziri Beybut Atamqulov «Mudofaa sanoati va davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasining mamlakat parlamentidagi taqdimotida ma'lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston harbiy qismlari omborlarida SSSR davridan beri ko‘plab eski harbiy texnikalar to‘planib qolgan. Bu texnikalarni ta'mirdan chiqarish, modernizatsiya qilish hamda eksportga sotish taklif etilgan. Sotilishi mumkin bo‘lmaganlarini esa qayta ishlash mo‘ljallanmoqda.

Vazirning ta'kidlashicha, bu choralar mamlakat ichidagi qurolning yashirin aylanmasini shakllantirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Shuningdek, mahkamaga foydalanilmayotgan harbiy mulkni boshqarish huquqini topshirish taklif qilingan.

Mavzuga oid