O‘zbekiston | 09:49 / 03.02.2018
8128
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat aktivlarini realizatsiya qilish uchun elektron maydon tashkil etilmoqda

Davlat aktivlarini elektron savdo maydonlari orqali realizatsiya qilish tizimi shu yili joriy etiladi.
 
Hozirda davlat aktivlari klassik sxemalar orqali realizatsiya qilinmoqda, bular:

• riyeltorlar;
• «Toshkent» respublika fond birjasi; Davlat raqobat qo‘mitasi bo‘linmalari;
• hokimliklar huzuridagi komissiyalar.
 
Zamonaviy axborot texnologiyalari ushbu jarayonni yanada shaffof va ochiq hamda investor hamda tadbirkorlar uchun ancha qulay qilishi mumkin.
 
Elektron savdo maydoni - bu veb-sayt bo‘lib, unda tovarlar va xizmatlar, ushbu holatda esa - davlat aktivlari realizatsiya qilinadi. U elektron hujjat aylanishi vositasida bitimlar tomonlari o‘rtasida aloqani ta'minlovchi tashkiliy, axborot va texnik yechimlar kompleksini o‘zida mujassamlashtirgan. Tomonlar majburiy ravishda elektron raqamli imzoga ega bo‘lishlari kerak.
 
Maydonda realizatsiya qilinayotgan davlat aktivlari haqidagi barcha axborotdan foydalanish imkoniyati mavjud, bu esa barcha xohlovchilarning undan foydalanishda tengligini ta'minlaydi.
 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasida bizga ma'lum qilinishicha, tizimni joriy etish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

• 2018 yil 1 iyuldan boshlab tizim aprobatsiyasi o‘tkaziladi, uni Toshkent viloyatida o‘tkazish rejalashtirilmoqda;
• 2018 yil sentabr oyidan boshlab respublikamiz hududida tizim ishini ta'minlash ko‘zda tutilgan.

 

Mavzuga oid