O‘zbekiston | 13:01 / 26.07.2018
2993
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat aktivlarini boshqarish tizimi isloh qilinadi

Davlat aktivlarini boshqarish tizimini tanqidiy o‘rganadigan ishchi guruhi tashkil etildi. Bu prezidentning 23.06.2018 yildagi F–5343-son farmoyishida nazarda tutilgan.
 
Ishchi guruhi O‘zbekiston davlat aktivlarini boshqarish tizimi tanqidiy o‘rganilishi va tubdan takomillashtirilishiga doir takliflar tayyorlanishini ta'minlaydi, deb yozmoqda Norma

Bunda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:

• davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy va uslubiy baza zamonaviy talablarga muvofiqligini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqilishi; 
• mavjud davlat mulkini inventarizatsiya qilgan holda, davlat aktivlari, shu jumladan foydalanilmayotgan davlat aktivlari hisobi to‘liq yuritilishi;
• xorijdagi davlat mulkidan maqsadli va samarali foydalanilishi;
• davlat ulushiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarda davlat ishonchli vakillari va ishonchli boshqaruvchilar faoliyatining samaradorligi;
• ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan obektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi;
• davlat aktivlarini boshqarishda ochiqlik va shaffoflikning ta'minlanishi, davlat mulki obektlarini sotish va ijaraga berishda asosli narx belgilanishi;
• davlat aktivlarini, shu jumladan davlat ulushi bo‘yicha dividendlarni (ajratmalarni) boshqarishdan mablag‘lar to‘liq va o‘z vaqtida tushishining baholanishi;
• davlat aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan davlat aktivlarini sotishdan tushayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi;
• davlat mulki hisobini yuritish, ularning ishonchliligi va dolzarbligini baholash uchun axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etish darajasi.
 
Tanqidiy o‘rganish natijalariga ko‘ra tayyorlangan tahliliy materiallar va normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari 2018 yil 15 sentabrgacha Prezident devoniga kiritiladi. 
 
Hujjat 23.07.2018 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid