Jahon | 10:55 / 03.02.2018
18315
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston iqtisodiy erkinlik reytingida Markaziy Osiyodagi yetakchiga aylandi

Foto: 7Kun.kz

Qozog‘iston iqtisodiy erkinlik reytingida (Index of Economic Freedom) Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchiga aylandi. Amerikaning Heritage Foundation tadqiqot instituti ekspertlari Qozog‘istonni reytingning 41-pog‘onasiga joylashtirishdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan: Qirg‘iziston 78-o‘rinda, Tojikiston 106-, O‘zbekiston 152-pog‘onada va Turkmaniston 169-o‘rinda.

Eslatib o‘tamiz, iqtisodiy erkinlik indeksi o‘nta ko‘rsatkich bo‘yicha baholanadi: mulk huquqi himoyasi, korrupsiya, fiskal erkinlik, hukumat ishtiroki, tadbirkorlik erkinligi, mehnat erkinligi, monetar erkinlik, savdo erkinligi, investitsiyalar, moliyaviy erkinlik.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hongkong qatorasiga 24-yil erkin iqtisodiyot bo‘yicha jahonda tengsiz bo‘lgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid