Iqtisodiyot böyiça 2024 yilgi Nobel mukofoti Massaçusets texnologiyalar instituti professorlari Daron Ajyemöğli va Saymon Jonson hamda Çikago universiteti professori Jyeyms Robinsonga nasib etdi.

Uç nafar iqtisodçi “institutlarning şakllaniş jarayonlari va ularning iqtisodiy farovonlikka ta’sirini tadqiq qilgani uçun” bu yilgi mukofotga sazovor böldi.

Nobel qömitasi bayonotida ta’kidlanişiça, yangi Nobel mukofoti sohiblarining tadqiqotlari har bir mamlakat farovonligi uçun ijtimoiy institutlarning ahamiyatini tuşunişga yordam beradi:

“Qonun kuçsiz bölgan va ijtimoiy institutlar aholini ekspluatatsiya qiladigan mamlakatlarda iqtisodiy ösiş yoki ijobiy özgarişlar yuz bermaydi. Sovrindorlarning izlanişlari bizga buning sabablarini anglaşga yordam beradi”.

2023 yilda amerikalik iqtisodçi Klaudiya Goldin ayollarning mehnat bozoridagi rolini örganişga oid tadqiqotlari uçun Nobel mukofotiga loyiq körilgandi.

Eslatib ötamiz, 2023 martida uşbu olimlardan biri Jyeyms Robinson Özbekistonga kelgandi. Robinson Daron Ajyemöğli bilan hammullaflikda yozilgan “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi tarjimasi taqdimotida qatnaşgandi.

Olim Kun.uz'ga bergan intervyusida avtoritar davlatlarda inklyuziv institutlar quriş, mustamlakadan keyin davlatlarning rivojlanişi qiyin keçişi, ongli ravişda qilinadigan “xatolar” va kitobidagi “paxta qiroli” – Özbekistonga atalgan parçalar haqidagi savollarga javob bergandi.