Fan-texnika | 00:40 / 04.02.2018
6939
2 daqiqa o‘qiladi

Yapon kompaniyasi kemalarga “quyosh yelkanlari” o‘rnatmoqchi

Foto: screenshot

Kemachilikda qolgan transport turlariga nisbatan atmosferaga kam miqdorda zararli moddalar chiqarilmaydi va bunda nafaqat havo, balki daryolar, dengizlar va okeanlar ifloslanadi. Shu sababli transportning ekologik toza turlarini yaratish nafaqat quruqlikda, balki suvda ham amalga oshirilishi lozim. Yaqinda Eco Marine yapon kompaniyasi harakatlanish uchun bir vaqtda ham quyosh, ham shamol energiyasini qo‘llay olishi mumkin bo‘lgan kemalar loyihasini taqdim qildi.

Yaponlar o‘z ishlanmalarida odatdagi yelkanlarni quyosh batareyalari bilan birlashtirishmoqchi. Loyihaga ko‘ra, kema bortiga ko‘p miqdorda maxsus quyosh panellari o‘rnatiladi va kemaning umumiy energiya tarmog‘iga ulanadi hamda energiya ishlab chiqarib, uni zaxiralaydi. Bundan tashqari, bu panellar suzish vaqtida, shamol bo‘lganda yelkanlar sifatida qo‘llanadi. 

Kompaniya joriy yilda kichik yuk kemalarida (g‘alla, ko‘mir  tashishga mo‘ljallangan balkerlar) ularning an'anaviy quvvat ta'minotlari o‘rniga o‘zining “quyosh yelkanlari”ni o‘rnatib, ushbu texnologiyani sinovdan o‘tkazmoqchi. Sinovlar 12-18 oy davom etadi va jarayon vaqtida kemalar bunday yelkanlardan qanday miqdorda harakat energiyasi olishi mumkinligi va kemalarda maksimal samaradorlikka erishish uchun qanday miqdorda quyosh panellari o‘rnatish kerakligi aniqlanadi. 

Biroq bu transport turining keng tarqalishida to‘siq bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir muammo mavjud. Gap shundaki, kemachilik kompaniyalariga ayni vaqtda tiklanuvchi energiyaga o‘tish iqtisodiy tomondan benafdir. Shu sababli Eco Marine mutaxassislari “quyosh yelkanlari”ni ishlab chiqarishni ular an'anaviy energiya manbalari bilan raqobat qila oladigan darajada arzonlashtirmoqchi. 

Mavzuga oid