Sport | 11:40 / 05.02.2018
16911
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» futbolchisiga o‘yin vaqtida irqchilik qilindi

Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida «Espanol» — «Barselona» uchrashuvi vaqtida mezbonlar jamoasi hujumchisi Serxio Garsiya mehmonlarning fransiyalik himoyachisi Samuel Umtitiga irqchilik qilgan.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Umtitini negr deb atagan. Aynan shu sabab tufayli Umtiti o‘yin hushtagi yangraganidan keyin maydonni o‘ta g‘azablangan holda tark etgan. U o‘yindan keyin «Barselona» kiyim almashtirish xonasida jamoadoshlariga bo‘lgan voqea haqida aytib bergan.

Onda Cero ma'lumotiga ko‘ra, o‘yin oxirida ko‘k-anorranglilar jamoasining boshqa bir himoyachisi Jyerar Pike Umtitidan tinchlanishini so‘rab, Garsiya bu ishi uchun albatta pushaymon bo‘lishini aytgan.