O‘zbekiston | 12:17 / 05.02.2018
36974
1 daqiqa o‘qiladi

«Qamchiq»da «TREKOL» yo‘ltanlamas transport vositasi sinovdan o‘tkazilmoqda

Foto: FVV

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi Rossiyaning «TREKOL» yo‘ltanlamas transport vositasi bilan ta'minlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Ushbu «TREKOL» yo‘ltanlamas transport vositasi suvda, botqoqlikda va murakkab tog‘ yo‘llarida harakatlanib, yetish eng qiyin bo‘lgan joylargacha olib borishi mumkin. Transport vositasi Qamchiq dovoni yo‘llarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov yakunlari bo‘yicha ikkinchi shunday mashinani xarid qilinishi kutilmoqda.

«TREKOL» avtomobili qattiq tuproqli yo‘llarda 700 kg, yumshoq tuproqli yo‘llar va suvda 400 kg yuk ko‘tarishga qodir, yuqori tezligi soatiga 70 km.ni tashkil etadi. Odamlar va yuklarni tushirish uchun uchta eshik mavjud. Yuk bo‘limiga 8 nafargacha yo‘lovchini joylashtirish mumkin.

Foto: FVV

Mavzuga oid