Qamçiq dovonida harakatlanayotgan maşinadan köp miqdorda psixotrop dorilar topilgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 9 noyabr kuni soat 22:10 larda “Namangan” YPX maskanida YPX otryadi xodimlari hamda sohaviy xizmatlar hamkorlikda ötkazilgan tadbirda "Vodiy-Toşkent" yönalişida harakatlanib kelgan 27 yoşli haydovçi boşqaruvidagi “Nexia” töxtatilgan.
Maşina tegişli tartibda közdan keçirilganda uning salonida qopga solingan 208 dona "Tropikamid" hamda 104 ta kassetada 1456 dona "Regapen" nomli psixotrop dori vositalari borligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan belgilangan tartibda birlamçi hujjatlar rasmiylaştirilgan. Hozirda suriştiruv jarayonlari olib borilmoqda.

















