Jahon | 23:49 / 07.02.2018
4496
2 daqiqa o‘qiladi

Los Angeles Times gazetasi 500 mln dollarga sotilayotgani e'lon qilindi

Foto: reuters

AQShning Tronc Inc. kompaniyasi Los Angeles Times va The San Diego Union-Tribune gazetalarining sotilishi bo‘yicha 500 mln dollarlik yakuniy kelishuvga erishilganini e'lon qilgan. Xaridor bo‘lgan Patrik Xuan Sinsyan kompaniya xodimlari oldida 90 mln dollarlik pensiya majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.

“Bu bitim bizga qarzni to‘liq uzishga, pensiya majburiyatlarini ancha kamaytirishga imkon beradi”, deb aytilgan Tronc’da.

Bitim 1-chorak oxiri yoki 2-chorak boshida yopilishi kerak. 

Boyligi 8,6 mlrd dollarga baholanuvchi tadbirkor Xuan Sinsyan Tronc Inc. kompaniyasining 26 foiz aksiyasi egasi hisoblanadi. Bu kompaniyaga AQShda mashhur bo‘lgan yana boshqa nashrlar tegishli. Ular orasida Chicago Tribune, NY Daily News, The Baltimore Sun, Orlando Sentinel bor. 

Los Angeles Times gazetasi 1881 yilda tashkil etilgan. Bir qator uyushmalarning baholashicha, gazetaning adadi oxirgi yillarda 450-650 ming nuxsani tashkil qiladi.