Jahon | 08:21 / 07.02.2018
8123
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp muhojirlarni tanlab olish bo‘yicha maxsus markaz tashkil qildi

Foto: Depositphotos

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z farmoni bilan muhojirlarni tanlab olish bo‘yicha milliy markazni tashkil qildi. Bu haqda Oq uy saytida xabar berilgan.

«Milliy markaz prezidentning departamentlar va agentliklar o‘rtasida migrantlarni tekshirish bo‘yicha o‘zaro harakatlarini yaxshilash borasidagi talabini bajarishga yordam beradi», - deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, markaz Ichki xavfsizlik vazirligi doirasida tashkil etilmoqda. U Davlat departamenti, Adliya vazirligi va milliy razvedka bilan muvofiq holda ishlashi aytilmoqda.

Mavzuga oid