Rossiya va Xitoy Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) mamlakatlari tomonidan tayyorlangan Şarqiy Osiyo sammiti uçun taklif qilingan konsensus bayonotini blokladi, deb xabar berdi Reuters 12 oktyabr, şanba kuni öz ismini oşkor etmagan amerikalik rasmiyga tayanib. Uning aniqlik kiritişiça, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan blokka asosan bahsli Janubi-Xitoy dengizi böyiça iboralarga nisbatan e’tirozlar sabab bölgan.
10 ta davlatdan iborat ASEAN konsensusi asosida işlab çiqilgan bayonot loyihasi 10 oktyabr kuni keçqurun Laosda bölib ötgan Şarqiy Osiyoning 18 davlati yiğilişida taqdim etildi, dedi agentlik suhbatdoşi. Uning sözlariga köra, AQŞ, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya va Hindiston vakillari loyihani qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanliklarini bildirişgan, biroq rossiyaliklar va xitoyliklar bu bayonotni «qabul qilolmasligini va qabul qilmasligini» aytgan.
Reuters ta’kidlaganidek, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov juma kuni Ventyandagi matbuot anjumanida yakuniy deklaratsiya «AQŞ, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning uni sof siyosiy bayonotga aylantirişga bölgan doimiy urinişlari» tufayli qabul qilinmaganini aytdi.

















