Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston AQShga har hafta 3-4 tonna uzum eksport qilishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonda yetishtirilgan uzumni AQShga eksport qilish ko‘paytiriladi. U NetCost tarmog‘ining Nyu-Yorkdagi savdo nuqtalariga tarqatilyapti.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Nyu-Yorkdagi Uzbek-American Trade House va Toshkent shahridagi GardenCells mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida tuzilgan yangi eksport shartnomasiga asosan AQShga 1,7 ming tonna yangi uzum mahsuloti havo transporti orqali Nyu-York shahriga yetkazildi.
AQShning Oziq-ovqat mahsulotlari sanitar nazorati boshqarmasi (FDA) talablariga muvofiq qadoqlangan uzum Amerikaning NetCost oziq-ovqat savdo markazlari tarmog‘ining Nyu-York shtatidagi savdo nuqtalariga tarqatildi.
O‘zbekiston uzumiga mahalliy aholi tomonidan yuqori qiziqish bildirilmoqda. Shu bois, yangi partiyaga buyurtma berildi va har hafta 3-4 tonna miqdorida uzum eksport qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026
Tramp: Eron bilan tuzilgan muvaqqat kelishuv «tugadi»
13:28 / 08.07.2026
Eron Bahrayn va Kuvaytdagi AQSh harbiy obektlarini nishonga oldi
12:20 / 08.07.2026