Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Demokratlar yetakchisi AQSh Kongressida 109 yillik rekordni yangiladi
AQSh Kongressining quyi palatasida demokratik ozchilik yetakchisi Nensi Pelousi 8 soatdan ham oshgan rekord darajada uzun nutq bilan chiqish qildi.
Pelousi «Orzu haqidagi qonun»ni qabul qilish zaruriyati haqida gapirdi, unga ko‘ra AQShga farzandlari bilan kelgan noqonuniy muhojirlarga istiqomat guvohnomasi taqdim etilishi kerak.
Avvalgi nutq rekordi 109 yil amalda bo‘lib turdi. O‘shanda kongressmenlardan biri 5 soatu 15 daqiqa to‘xtovsiz gapirgan edi. Pelousi xonimda parlament fraksiyasi yetakchisi sifatida debatlarda chiqish uchun vaqt bo‘yicha chegara yo‘q, qolgan kongressmenlarga bir daqiqalik cheklov joriy etilgan.
«Orzu haqidagi qonun»ni 2001 yildan buyon qabul qilishga muvaffaqiyatsiz urinib kelinmoqda. 2012 yilda prezident Barak Obama noqonuniy muhojirlarning farzandlariga nisbatan amnistiya joriy etgan edi, lekin 2017 yilda Donald Tramp uni bekor qildi. Ayni paytda 700 mingdan ziyod kishi deportatsiya qilinish xavfi ostida turibdi.