Jahon | 10:26 / 10.02.2018
8454
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda “Qartali uycha” aktyori vafot etdi

Foto: Richard Shotwell

Amerikalik aktyor, “Qartali uycha” serialidagi Freddi roli bilan mashhur bo‘lgan Reg E. Keti AQShda 59 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U saratondan aziyat chekib kelgan, deb xabar qilmoqda Variety nashri.

"Biz “Qartali uycha” bo‘yicha do‘stimiz va hamkasbimiz Reg E. Keti vafot etganidan juda qayg‘udamiz. Reg juda mehribon inson, buyuk aktyor, haqiqiy jyentlmen edi. Oila a'zolariga chuqur ta'ziya izhor etamiz", - deya serialni ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi Netflix kompaniyasi bayonotidan iqtibos keltiradi nashr.

Reg E. Keti aktyorlik faoliyatini 1984 yilda boshlagan bo‘lib, 70 dan ortiq film va seriallarda rol ijro etgan. Aktyor “Niqob”, “Yetti” kabi mashhur kinokartinalar va “Tinglash”, “Tez yordam” kabi seriallarda ijro etgan rollari bilan mashhur edi. Keti "Qartali uycha" serialidagi roli uchun 2015 yilda "Emmi" mukofotini olgan.