Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» OChLni yirik g‘alaba bilan boshladi
Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida Toshkentning «Lokomotiv» klubi BAAning «Al-Vahda» jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida avvaliga mezbonlarning yangi xaridi Nivaldo hisobni ochdi. Bu hisob birinchi bo‘limda o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘limda esa «Lokomotiv» o‘yinida keskin burilish kuzatildi. Ikrom Aliboyevning dubli, Marat Bikmayev va Sardor Rashidov tomonidan kiritilgan gollar «temiryo‘lchilar»ga yakunda yirik 5:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
OChL-2018. «B» guruhi, 1-tur
«Lokomotiv» (O‘zbekiston) – «Al-Vahda» (BAA) 5:0 (1:0)
Gollar: Nivaldo (25), Ikrom Aliboyev (53, 86), Marat Bikmayev (54, avtogol), Sardor Rashidov (58).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Nivaldo (Sardor Rashidov, 36), Sadriddin Abdullayev, Ikrom Aliboyev, Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev (Sherzod Karimov, 82), Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov (Igor Yyelich, 76), Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev
«Al Vahda»: Rashid as-Suvaydi, Salim Sulton ash-Sharjiy, Muhammad Abdulbosit (Xalil Ibrohim, 79), Ismoil Matar, Muhammad Salim (Muhammad ash-Shehiy, 56), Nosir Abdulxodi (Muhammad Rashid, 72), Xolid Ibrohim, Balaj Judjak, Ahmad Salmon, Ahmad Rashid, Muhammad Salmon.
Ogohlantirishlar: Salim Sulton ash-Sharjiy (34), Balaj Judjak (41).
Hakamlar: Tojo Minoru, Ochi Shinji, Takagi Takumi (barchasi Yaponiya), Chorimurot Qurbonov (Turkmaniston)
Hakamlar nazoratchisi: Inoyat Masud (Eron)
Uchrashuv komissari: Chan Ka Chung (Gong Kong)
Mavzuga oid
20:49 / 04.04.2026
“Bunyodkor” - “Lokomotiv” o‘yinidan keyingi janjal sabablari o‘rganilmoqda
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
20:44 / 26.11.2025
OChL-2. «Andijon» beshinchi o‘yinni ham durang bilan yakunladi
20:41 / 24.11.2025