O‘zbekiston Qirg‘izistonga ikkita “tez yordam” mashinasi sovg‘a qildi
O‘zbekiston tomonidan Qirg‘izistonga ikkita “tez yordam” mashinasi sovg‘a qilindi. Mashinalardan biri Botken shahri aholisi uchun, ikkinchisi esa Qadamjoy tumanidagi Jani-Jyer qishlog‘idagi umumiy shifokorlar amaliyot markazi uchun xizmat qiladigan bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri yozmoqda.
“Tez yordam” mashinalari ikki xalq o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va ahillikni mustahkamlash maqsadida tuhfa qilingan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlar tobora rivojlanib va mustahkamlanib bormoqda. O‘tgan bir yarim yil davomida ikki davlat rahbarlari va rasmiy doiralari vakillari bir necha bor uchrashdi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari amalga oshirildi.
Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida avtobus va aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda qo‘shma korxonalar tashkil etish va chegaralar borasida kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
10:30 / 14.10.2024
Rossiyada o‘zbekistonlik erkak mashinasida piyodani urib yubordi
20:20 / 12.10.2024
Qirg‘iziston xavfsizlik qo‘mitasi rahbari xodimlariga 5-6 farzandli bo‘lishni buyurdi
20:39 / 03.10.2024
Sadir Japarov Qirg‘izistonda yashovchi milliarderlardan yordam so‘radi
21:40 / 02.10.2024