Qirğizistonning Botken şahrida Özbekiston bilan çegaradoş hududda yangi post oçildi, deya xabar berdi 24.kg naşri.
Ta’kidlanişiça, «Söğment» çegara postining oçilişi davlat xavfsizligini mustahkamlaş va çegaraoldi hududlarda barqarorlikni ta’minlaşda muhim voqea hisoblanadi.

«Yangi «Söğment» çegara postida xizmatni sifatli olib boriş uçun barça şaroitlar yaratilgan. Zamonaviy talablarga javob beradigan kazarma qurilib, xizmat ötaş uçun zarur şart-şaroitlar yaratilgan. Ta’kidlaş joizki, uşbu hududda çegaraçilar qirğiz-özbek davlat çegarasining 12 kilometrdan ortiq qismini qöriqlaydi», deyiladi xabarda.

Avvalroq, 18 iyundan «Farğona» çegara bojxona posti hamda Şohimardon qişloğiga ötişdagi «Oq qiya» bojxona punkti va «Söx» çegara bojxona postining «Çaşma» bojxona punkti 24 soatlik iş rejimiga ötayotgani xabar qilingandi.












