Axborot texnologiyalari vazirligida 4 ta tarkibiy bo‘linma tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining huquqiy axborot kanalida xabar berilgan.
Qaror bilan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida 4 ta quyidagi tarkibiy bo‘linma tashkil etildi:
Elektron hukumatni rivojlantirish bosh boshqarmasi;
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bosh boshqarmasi;
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi;
Axborot xavfsizligi boshqarmasi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari - axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha maslahatchi hamda "Xavfsiz shahar" kompleksini tashkil qilish loyihasini keng ko‘lamda va sifatli amalga oshirishga mas'ul Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimlari bekor qilindi.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi, Markaziy apparati tuzilmasi va hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.
Hududiy boshqarma boshliqlari maqomi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlariga tenglashtirildi.
Mavzuga oid
16:42 / 05.01.2023
Qashqadaryo viloyatidagi Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga qabul boshlandi
07:21 / 23.12.2021
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kitoblar, jurnallar va boshqa bosma materiallar bazasi kengaytiriladi
22:45 / 18.02.2020
Prezident farmoni: Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi
19:42 / 01.08.2019