Fan-texnika | 23:00 / 23.02.2018
15549
1 daqiqa o‘qiladi
Dunyodagi ilk uchar taksi videosi namoyish qilindi
Airbus kompaniyasi Vahana loyihasining ilk uchar taksisi Alpha One parvozi videosini namoyish qildi. Video YouTube’da joylashtirildi.
Sinovlar Oregon shtatida o‘tgan va 53 soniya davom etgan. Taksini loyihalagan muhandislarning aytishicha, parvoz qurilmasi 745 kg gacha og‘irlikni ko‘tara oladi, biroq uning kabinasida faqat bir kishi uchun o‘rindiq bor.
Aerotaksi to‘liq elektr energiyada ishlaydi va bir nechta motorga ega. Kompaniyada ta'kidlanishicha, Vahana 5 ming metrdan yuqoriroqqa ko‘tarila oladi.
Alpha One’ni yaratish ustida ishlar 2016 yilda boshlangan. Airbus ushbu transport vositasini 2020 yilda savdoga chiqarmoqchi.
Mavzuga oid
13:29 / 19.10.2024
Boeing’dan va Airbus’gacha: Dunyoning eng yirik aviasozlik kompaniyalari
20:39 / 15.06.2024
Boeing va Airbus samolyotlarida soxta sertifikatlangan qismlar ishlatilgan – OAV
11:26 / 25.04.2024
Kanada Airbus’ga Rossiya titanidan foydalanishga ruxsat berdi
21:43 / 03.11.2023