Taqdim etilgan infografika yil davomida Airbus va Boeing samolyotlarining asosiy xaridorlarini yaqqol aks ettiradi.

Vizualizatsiya, şuningdek, har bir mijoz buyurtmani qaysi işlab çiqaruvçiga — faqat Boeinğga, faqat Airbus’ga yoki ikkalasiga birdek berganini ham körsatadi. Rangli kodlaş xaridor turlarini farqlaşga yordam beradi: alohida aviakompaniyalar va aviaguruhlardan tortib, lizing kompaniyalari va yuk taşuvçi operatorlargaça. Qatar Airways oçiq körsatilgan buyurtmaçilar orasida eng yirigi bölib, 161 ta samolyotga buyurtma bergan. Biroq umumiy hisobda eng katta segment “oşkor etilmagan” deb belgilangan xaridorlar böldi — ikki işlab çiqaruvçi böyiça jami 469 ta samolyot aynan şu toifaga töğri keldi.

Xaridorlar köpinça strategik rejalarini himoya qiliş, regulyator tasdiqlarini oliş davrida yoki lizing bitimlarida (yakuniy aviakompaniya hali aniqlanmagan holatlarda) “oşkor etilmagan” deb körsatiladi. Şunga qaramay, işlab çiqaruvçilar bunday buyurtmalarni talabni real aks ettiriş uçun statistikaga kiritadi, bir vaqtning özida mijoz maxfiyligini ham saqlaydi. Talab şakllanişida Avolon, BOC Aviation va Macquarie kabi lizing kompaniyalari ham katta rol öynadi.

Xaridor toifalari böyiça qaralganda, buyurtmalarning asosiy uluşi aviakompaniyalar hissasiga töğri keldi — ular 1 200 tadan ortiq buyurtma joylaştirgan. Şu bilan birga, 400 tadan ortiq samolyot lizing beruvçilar hissasiga töğri kelib, ular ham sezilarli hissa qöşdi. Bu kompaniyalar havo kemalarini keyinçalik aviata’minlovçilarga ijaraga beriş uçun sotib oladi va aviatsiya ekotizimida moliyaviy vositaçi vazifasini bajaradi.

Foto: Visual Capitalist / Julie R. Peasley

Harbiy va davlat buyurtmaçilari statistikada kamroq hajmda namoyon böldi, ammo ularning roli baribir közga taşlanadi. AQŞ Harbiy-havo kuçlari (HHK), şuningdek Yevropa mamlakatlari va AQŞning mudofaa idoralari alohida maqsadli xaridlar qildi — bu yonilği quyiş samolyotlari va mudofaa infratuzilmasining ayrim elementlariga bölgan ehtiyoj saqlanib qolayotganini körsatadi.

Dunyo aviaqatnovlari köplab mintaqalarda 2019 yil darajasidan oşgani sari, aviakompaniyalar yangi, yonilği böyiça tejamkor samolyotlarga faol sarmoya kiritmoqda. Osiyoda VietJet, Korean Air va China Airlines kabi taşuvçilar parklarini jadal kengaytirmoqda. Şu bilan birga, Şimoliy Amerika aviakompaniyalari — jumladan Alaska Airlines va WestJet içki va çegaraorti yönalişlar uçun flotni yangilayapti.