AQSh politsiyasi Apple markazlaridan soxta qo‘ng‘iroqlar bo‘layotganidan tashvish bildirmoqda
AQSh politsiyasi Apple’ning Kaliforniyadagi xizmat ko‘rsatish markazlarida ta'mirlashda bo‘lgan qurilmalaridan ommaviy ravishda soxta qo‘ng‘iroqlar bo‘layotgani muammosiga duch keldi. 2017 yil oktabridan politsiyachilar 1600 ga yaqin soxta qo‘ng‘iroq olganlar va taxminan kuniga 20 ta shunday qo‘ng‘iroqqa javob bermoqdalar. Dispetcherlar bunday qo‘ng‘iroqlar vaqtida jimjitlik yoki markaz xodimlarining o‘zaro suhbatlarini eshitmoqdalar.
Politsiyachilar mahalliy telekanal bilan suhbatda soxta qo‘ng‘iroqlar favqulodda xizmatlar ishiga qattiq ta'sir qilishi mumkinligini ta'kidlab o‘tishgan. Favqulodda vaziyat vaqtida dispetcher xizmat ko‘rsatish markazidan qilingan qo‘ng‘iroq sababli haqiqatda muhim qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Apple vakillari ushbu muammoni hal qilish bo‘yicha politsiya bilan ishlayotganlarini ma'lum qilishgan. Kompaniyada aynan qanday qurilmalar muammo keltirib chiqarayotgani ma'lum qilinmagan, biroq iPhone ham, Apple Watch ham bir nechta tugmalar bosilganda avtomatik ravishda 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qiluvchi SOS rejimi bilan jihozlangan.
Ehtimol ushbu rejim qurilma ta'mirlanayotgani sabab faollashayotgan bo‘lishi mumkin. iPhone’ni ta'mirlovchi mutaxassislardan birining aytishicha, qurilmada dinamik yoki displey bilan yangi yuqori shleyflar o‘rnatilganda ustalar qurilmaga kira olmaganlari sababli uni SOS rejimi yordamida tekshiradilar.
Mavzuga oid
18:01
Aqlli ko‘zoynak va kamerali AirPods: yaqin yillarda Apple’dan qanday mahsulotlarni kutish mumkin?
16:10
AQSh RF va XXRni ASEAN davlatlari bayonotini bloklashda aybladi
10:09
AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi
13:07 / 13.10.2024